Odriosola jarohat oldi va "Real"ning yaqin o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Alisher
3 okt 2020, 14:57
"Real" himoyachisi Alvaro Odriosola jamoasining yaqin o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Futbolchi o'ng oyog'idan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 24 yoshli o'yinchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng tiklanish vaqti ma'lum bo'ladi.

Odriosola "Real Sosedad"dan 2018 yilning yozida 30 million evro evaziga xarid qilingan edi.

Futbolchi bunga qadar "Real" sasfida 28ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 10ta assis qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com