Odil Ahmedovning sobiq jamoadoshi "Flamengo"ga o'tmoqda

Aziz Tukhtamuradov
27 iyul 2022
"Shanxay SIPG"ning braziliyalik futbolchisi Oskar faoliyatini o'z vatanida - "Flamengo"da davom ettiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyaliklar Oskarning narxi bo'yicha "Shanxay SIPG" bilan yakuniy kelishuvga erishishlari lozim. Qolgan barcha masalalar hal qilib bo'lingan. 

Oskarga shuningdek Braziliyaning boshqa klublari - "San-Paulo" va "Internasonal" tomonidan qiziqish bildirilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Oskar "Shanxay SIPG"da O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi, bugungi kunda O'FA vice-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Odil Ahmedov bilan to'p tepgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: O Dia