
Ko'rsatuv boshlovchilaridan biri futbolchimizdan Xitoyga qarshi bahsdan (0:1) so'ng bergan intervyusi haqida so'radi.
"O'sha uchrashuvdagi (Xitoyga qarshi) mag'lubiyat juda alam qildi. Jahl ustida gapirdim (intervyu). So'zlarim futbolga tegishli insonlarga yetib borsin deb gapirdim. Bular - futbolchilar, murabbiylar va shu sohada kim ishlasa o'shalar. O'yindan so'ng yigitlar bilan suhbatlashib, hammasi o'z qo'limizda ekanligini tushuntirishga harakat qildim. Bu intervyudan so'ng menga yozganlar bo'ldi. Bu intervyudan pushaymon bo'lganim yo'q. O'zbek futboli rivojlanishini istayman. Ushbu jahon chempionati men uchun ham so'nggi imkoniyat edi. Keyingi saralashda yoshim 34-35ga yetib qoladi. Terma jamoaga yangi qon kerak. 34-35 yoshda shunchaki familiyam emas, hozir terma jamoaga qo'shilib, 2-3 yildan so'ng yaxshi formaga kirib olgan futbolchi to'p tepishini istayman. Terma jamoaga yangi yosh futbolchilarni olib kelish kerak bo'lsa, ketishga tayyorman. To'g'risi, o'sha ikki uchrashuvdan so'ng qanday holatga tushganimni o'zim bilaman. Shu sababli, har sohada o'zining ustalari ishlashi kerak deb o'ylayman. Bergan intervyuimda aynan shu haqida aytmoqchi edim" - deydi Odil Ahmedov.
