"Odamlarni hurmat qil va chakagingni o'chir!". Serxio Ramos muxlis bilan urishib qoldi

Aziz Tukhtamuradov
5 yanv 2024, 08:50
"Sevilya" futbolchisi Serxio Ramos "Atletik"ka qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (0:2) muxlisga javob qaytardi.

O'yindan keyingi intervyu paytida muxlis Ramosga qarab baqira boshladi. O'z navbatida futbolchi ham bunga javob berdi. 

"Biroz hurmat ko'rsat, biz gaplashyapmiz. Odamlarni va emblemani hurmat qil. Odamlarni hurmat qil va chakagingni o'chir", - dedi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS