
“Guangju Evergrand” bosh murabbiyi Marchello Lippining fikricha, bugun OCHL g'olibligiga asosiy da'vogarlik qilayotgan ikki jamoa bir-biriga qarshi kurash olib boradi. Ma'lumki, xitoyliklar chorak finalda Qatarning “Lexviya” klubini ikki o'yin natijasiga ko'ra 6:1 hisobida mag'lub etishdi. OCHL yo'lga qo'yilganidan beri ikkinchi bor mazkur musobaqada qatnashayotgan “Guangju Evergrand” o'z tarixida birinchi bor yarim finalga qadar yetib keldi.
“Biz yarim finalgacha yetib kelganimizdan xursandmiz, - deydi italiyalik mutaxassis. – Menimcha, bu juftlikdan kim finalga yo'l olsa, o'sha bosh sovrinni qo'lga kiritadi. “Kashiva”ning boshlang'ich tarkibidan joy oladigan barcha 11 futbolchi ajoyib. Bu esa bizni o'ta ehtiyotkor bo'lib to'p surishimizni talab etadi. Men raqib ishtirokidagi bir nechta videoyozuvlarni ko'rib chiqib shunga amin bo'ldimki, “Kashiva” jamoa sifatida nihoyatda kuchli. Lekin ular bilan o'tgan yil o'ynab ko'rganmiz, shu bois raqibdan unchalik cho'chimayapmiz”.
Xayrulla Xoliqov tayyorladi.