OCHL. "V" guruhidagi vaziyat va imkoniyatlar haqida

19 mar 2015, 15:03
17-18 mart kunlari Osiyo chempionlar ligasining 3-tur bahslari bo'lib o'tdi.
"V" guruhida ishtirok etayotgan mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" kecha "Al Ayn"ga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. "Paxtakor" shu kuni gol urishdan tashqari hamma ishni qildi. Nechtalab burchak to'pi va jarima zarbalari amalga oshirildi, biroq bari befoyda bo'ldi. Shunga qaramay, "Paxtakor" keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatni saqlab turibdi.

"Al Ayn" ham kuchli o'yin ko'rsatdi deb bo'lmaydi, faqat ularning slovakiyalik legioneri Miroslav Stox bir vaziyatda kuchli va aniq zarba yo'llab, "Paxtakor" darvozasiga to'p kiritdi. Keyinchalik bu futbolchi hakamlarga etiroz bildirgani uchun "qizil" olib chetlatildi. Shunga qaramay, "Al Ayn" 20 daqiqadan ko'proq bir kishi kam bo'lib o'ynagan bo'lsa-da, kichik hisobdagi g'alabani saqlab qola oldi.

Guruhdagi narigi bellashuvda esa "Naft Tehron" "Al Shabab"ni qiyinchilik bilan 2:1 hisobida mag'lub etdi. Endi navbatdagi tur o'yinlari 7 aprel kuni o'tkaziladi. Guruh peshqadami "Al Ayn" ikkinchi o'rinda borayotgan "Paxtakor"ni qabul qilsa, oxirgi o'rinni egallab turgan "Al Shabab" o'z maydonida "Naft Tehron" bilan kuch sinashadi.

SO'Z
- Bizda nafaqat Krimec yoki Hoshimov, balki Merzlyakov ham o'zidan kutilgan o'yinni ko'rsata olmayapti. Tan olamiz, himoyada xatolar ko'p va ularni bartaraf etish ustida ishlaymiz (Samvel Babayan "Paxtakor" himoyasidagi xatolar xususida).

3-tur. 18 mart
"Paxtakor" - "Al Ayn" 0:1
"Naft Tehron" - "Al Shabab" 2:1

JADVAL

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Al-Ain31202 - 115
2Pakhtakor Tashkent31114 - 404
3Naft Tehran31114 - 404
4Al Shabab30213 - 4-12


Keyingi uchrashuvlar
4-tur. 7 aprel
"Al Ayn" - "Paxtakor"
"Al Shabab" - "Naft Tehron"

Manba: championat.asia