OCHL. “Seul” – “Al Ahli” (1:0) o'yinidan keyingi fikrlar

Narzulla Saydullayev
19 sen 2013, 16:05
Janubiy Koreyaning “Seul” klubi Saudiya Arabistonining “Al Ahli” jamoasini o'z maydonida 1:0 hisobida mag'lub etdi. Esingizda bo'lsa, birinchi o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Vitor Pereyra (“Al Ahli” bosh murabbiyi): - Yutqazgan bo'lsak-da, klub shani uchun oxirigacha kurashdik. Shunday ekan, jamoam ko'rsatgan futboldan xafa emasman. Umuman olganda, o'yin har ikkala tomon uchun qiyin kechdi. Biz keyingi bosqichga chiqish uchun oxirigacha kurashdik, ammo bu – futbol, unda har doim yutishning imkoni yo'q. Men faqat yakuniy natijadan xafaman, o'yindan emas. Aslida biz uydagi o'yindayoq g'alaba qozonishimiz lozim edi. Endi kelajakka ishonch bilan qarashimiz kerak, chunki jamoamizning o'yini shundan dalolat beryapti.

Choy Yong Su (“Seul” bosh murabbiyi): - Avvalo yigitlarga rahmat. Jamoamiz tarixida yangi sahifa ochish uchun bor kuchni ishga solyapmiz. Biz yangi cho'qqilarni ko'zlayapmiz. Bugun Saudiyaning eng yaxshi jamoalaridan birini musobqadan chiqarib yubordik. Meni eng xursand qilgan jihati minglab muxlislarimiz qarshisida ushbu g'alabani nishonladik. Biz o'yin davomida pressingni yaxshi amalga oshirdik. Shogirdlarim hakamning oxirgi hushtagi chalinmaguncha rosa ter to'kishdi. Endi keyingi bosqichda “Istiqlol”ga qarshi to'p suramiz. Menimcha, bu o'yinlar ham ancha qiziq kechadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia