OCHL. Masharipov chorak finalning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi, u shuningdek ramziy jamoadan ham o'rin egalladi

Alisher
19 okt 2021, 17:16
"Al Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov OCHLda chorak finalning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz to'p tepayotgan Saudiya Arabistoni jamoasi chorak finalda "Al Vahda"ni 5:1 hisobida mag'lub etdi.

Masharipov ushbu bahsda 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Xavbek chorak finalning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishdan tashqari ramziy jamoadan ham o'rin egalladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: the-afc.com