

Yaponiyaning Saytama shahrida kechadigan o'yinda "Urava Reds" o'z maydonida "Al Hilol"ni qabul qiladi. Birinchi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilganini inobatga olsak, javob bahsi yanada qiziq kechishi kutilmoqda.
OFK saytining xabar berishicha, bu o'yin uchun barcha chiptalar allaqachon to'liq sotib bo'ligan. Ma'lumot uchun Saytamadagi stadion o'z bag'riga 58 ming tomoshabinni sig'dira oladi.
25 noyabr kuni bo'lib o'tadigan o'yin bizning vaqt bilan 15:15da boshlanadi. Uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlarimiz brigadasi boshqarib boradi.



