

Transfer haqida Saudiya Arabistoni klubi matbuot xizmati e'lon qildi.
25 yoshli braziliyalikning yangi jamoa bilan shartnomasi to'rt mavsumga - 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Martinelli 2019 yilning yozidan beri "Arsenal" safida o'ynayotgandi. Futbolchi o'tgan mavsum klub safida barcha musobaqalarda 53 ta o'yinda ishtirok etgan. Uning hisobida 11 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari Martinellining "Al Hilol"ga o'tishi "Arsenal" tarixidagi rekord savdo bo'lishi haqida xabar bergan edi. Saudiyaliklar futbolchi uchun 70 million evro to'lashga tayyor ekani xabar qilingandi.



