

Avvaliga, Saudiya Arabistonining Al-Ittihod jamoasi o'z uyida Zobahanni (Eron) qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Jiddaliklar safida gollarni chililik legioner Luis Ximenes hamda himoyachi Ziyod al-Sahafi urgan bo'lsa, raqiblar safida G'osim Hodadfirar darvozani ishg'ol etdi.

Kunning ikkinchi o'yinida Saudiyaning boshqa bir klubi Al-Nasr BAAning Al-Vahdasi bilan uchrashib, murosa yo'lini (1:1) tanladi. Mezbonlar safida Abdurrazoq Hamdolloh, mehmonlardan esa Leonardo gol muallifiga aylanishdi.

Bugungi juftliklarning javob bahslari 12 avgust sanasiga belgilangan.
Shuningdek, bugun nimchorak finaldan o'rin olgan so'nggi ikkita to'qnashuv ham bo'lib o'tadi.
21:00 | Al-Duhail (Qatar) – “Al-Sadd (Qatar)
21:40 | Al-Ahli (Saudiya Arabistoni) – Al-Hilol (Saudiya Arabistoni)



