OCHL. G'arb. “Nasaf” 2-o'rindagilar orasida kuchli uchlikda bormoqda (+jadval)

Eldor Akmurzayev
25 apr 2022, 08:55
Osiyo chempionlar ligasi 5-turida “Nasaf” 3:1 hisobida “Al Sadd”ni mag'lub etdi.

Xabaringiz bor, bu mavsum g'arb mintaqasida 5 ta guruh peshqadami hamda 2-o'rindagilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega uchta jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Hozircha “Nasaf” 2-o'rindagilar orasida uchinchi bo'lib turibdi. Qarshiliklardan yuqorida esa Azizjon G'aniev o'ynayotgan “Shabab Al Ahli” (BAA) hamda “Al Rayyan” (Qatar) bor.

“Ajdarlar” oxirgi turni 27 aprel (22:15)da guruhda 3-pog'onada turgan “Al Vihdat” (Iordaniya)ga qarshi o'tkazadi.

GURUHLARDAGI HOLAT

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia