OCHL. "Al-Sadd" mag'lubiyatga uchradi. "Paxtakor" guruh peshqadami sifatida keyingi bosqichga chiqishi mumkin

Eldor Akmurzayev
20 may 2019, 23:35
Osiyo chempionlar ligasining 6-turida Persepolis o'z uyida Al-Saddni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi.

Mazkur o'yin qatarliklar sardori Xavi uchun oxirgisi bo'lgani haqida xabar berib o'tgandik. Birozdan so'ng, Saudiyada guruhning ikkinchi uchrashuvi Al-Ahli hamda Paxtakor o'rtasida bo'lib o'tadi. Bugungi o'yindagi durang ham sherlarni ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga olib chiqadi. Biroq, agar Shota Arveladze shogirdlari mexmonda 3 ochko olishni uddalaydigan bo'lishsa, u holda toshkentliklar Qatar jamoasini ortda qoldirib, guruh peshqadami sifatida nimchorak finalga yo'l oladi.

OCHL. 6-tur.

"Ozodi" stadioni.

Persepolis (Eron) – Al-Sadd (Qatar) 2:0

Gollar: 16 – M.Torabi 1:0, 67 – A.Alipur 2:0.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia