OCHL. "Al Ayn" - "Nasaf": "Ajdarlar" qizil rangli liboslarda harakat qiladi

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2024, 17:34
Bugun Al Ayn shahridagi "Halifa Bin Zayid" o'yingohda "Al Ayn" - "Nasaf" uchrashuvidan oldin ikkala jamoa vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi.

Maydon egalari "Al Ayn" oq rangli liboslardan, "Nasaf" esa to'liq qizil rangli liboslardan foydalanishi kelishib olindi. 


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: “Насаф” футбол клуби матбуот хизмати