OCHL. "A" va "C" guruhlarida 3-turdan keyingi vaziyat

Xayrulla Xoliqov
9 apr 2019, 13:11
Kecha Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 3-tur uchrashuvlariga start berildi.

Kecha ikkita guruhda 3-tur bellashuvlari o'tkazildi. "A" guruhida Dubayning "Al Vasl" klubi o'z maydonida "Zobahan"ni qabul qilib 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi esa "Qirol Fahd" stadionida Iroqning "Al Zavra" jamoasini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Shuningdek, "C" guruhida ham 3-tur bellashuvlari o'tkazildi. Qatarning eng kuchli jamoalaridan biri "Al Duhayl" o'z maydonida BAAning "Al Ayn" klubi bilan 2:2 o'ynadi. "Istiqlol" esa Dohadagi "Al Ahli" stadionida "Al Hilol"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. 

"A" guruhi. 8 aprel

"Al Vasl" - "Zobahan" 1:3

Gollar: Kayo, 14 - Igodaro Osaguona, 16. Amir Motaxari, 35. Hamid Bouhamdan, 86.   

"Al Nasr" - "Al Zavra" 4:1

Gollar: Abdulloh Al Salim, 24. Yahyo Al Shehri, 29. Omar Xavsavi, 59. Juliano, 90. - Ahmad Fadhil, 12. 


"C" guruhi. 8 aprel

"Al Duhayl" - "Al Ayn" 2:2

Gollar: Karim Boudiaf, 9. Yusey El Arabi, 32 - Jamal Maruf, 36. Kayo, 55.  

"Istiqlol" - "Al Hilol" 2:1

Gollar: Ali Karimi, 5. Pejman Montazari, 30 - Bafetimbi Gomis, 71.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia