OCHL-2017. Dastlabki finalda durang qayd etildi

Narzulla Saydullayev
19 noya 2017, 08:16
Kecha OCHL-2017 dastlabki finali doirasidagi "Al Hilol" - "Urava Red Daymonds" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Saudiya Arabistonida o'tgan ilk finalda tomonla durang qayd etishdi. Dastlab mehmonlar vakili Rafael Da Silva hisobni ochdi. Bunga maydon egalari safida 2017 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar qatoridan joy olgan suriyalik Omar Xarbin muvozanatni tikladi - 1:1. 

Javob uchrashuvi 25 noyabr kuni Yaponiyada bo'lib o'tadi. Bu o'yinni o'zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov boshchiligidagi brigada boshqarib boradi.



"AL HILOL"
Al Mayuf
AL Burayk
Karlos Eduardo (Al Obid, 18)
Al Faraj
Otayf (Fallatax, 70)
Al Shahroni
Milesi (Kanoo, 79)
Al Davsari
Osama Xavsavi
Jahfal
Omar Xarbin


"URAVA RED DAYMONDS"
Nishikava
Ugajin
Makino
V.Endo
Rafael Da Silva (Lyubiyankich, 65)
Yuki Muto
Kashivagi
Nagasava (Umesaki, 77)
Aoki
Abe
Koroki (Takagi, 87)




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia