OCHL. 1/8 final juftliklari

Xayrulla Xoliqov
23 may 2019, 13:01
Faqat bitta o'yinni hisobga olmaganda bu yilgi Osiyo chempionlar ligasining guruh bahslari o'z yakuniga etdi.

Guruh bosqichida o'tkazilmagan bitta o'yin qoldi: "Zobahan" (Eron) - "Al Nasr" (S.Arabistoni). Bu o'yin 29 mayga qoldirildi. Uchrashuv Dohadagi "Al Arabi" stadionida bo'lib o'tadi. 

Boshqa o'yinlar yakuniga etgani bois musobaqaning 1/8 final bosqichidagi juftliklari ma'lum bo'ldi. Quyida 1/8 final o'yinlari qachon bo'lib o'tishini keltirib o'tamiz. 

G'arb mintaqasi: 

"A" guruhi 2-o'rin ("Zobahan"/"Al Nasr") - "Al Vahda" (BAA)

"Al Ittihod" (S.Arabistoni) - "A" guruhi 1-o'rin ("Zobahan"/"Al Nasr")

"Al Duhayl" (Qatar) - "Al Sadd" (Qatar)

"Al Ahli" (S.Arabistoni) - "Al Hilol" (S.Arabistoni) 

G'arb mintaqasida 1/8 final birinchi o'yinlar 5-6 avgust, javob uchrashuvlari 12-13 avgustda bo'lib o'tadi. 

Sharq mintaqasi: 

"Kashima Antlers" (Yaponiya) - "Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya)

"Guangju Evergrand" (Xitoy) - "Shandong Luneng" (Xitoy)

"Urava Reds" (Yaponiya) - "Ulsan Xyunday" (J.Koreya)

"Shanxay SIPG" (Xitoy) - "Chonbuk Motors" (J.Koreya) 

Sharq mintaqasida 1/8 final birinchi o'yinlar 18-19 iyun, javob bellashuvlari 25-26 iyun kunlari bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia