"Obod"da o'ynagan futbolchi "Lokomotiv"da ko'rikdan o'tadi

Aziz Tukhtamuradov
8 iyul 2017, 16:36
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi 11-21 iyul kunlari Belorussiya poytaxti Minsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.

Ilgari “Obod” jamoasi safida harakat qilgan yosh hujumchi Idris Bikmaykin “Lokomotiv” bilan birgalikda Minskka yo'l oladi. U yerda jamoamiz murabbiylar shtabi ushbu iqtidorli futbolchining harakatlarini kuzatish imkoniga ega bo'lishadi.

Agar 21 yoshli Bikmaykin o'zidan ijobiy taassurot qoldira olsa, u ikkinchi davrani mamlakatimiz chempioni tarkibida o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: lokomotiv.uz