Oblak: "Atletiko" uchun hali vazifa bajarilgani yo'q"

Aslanov Jasurbek
21 fev 2019, 11:10
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi o'yini (2:0) haqida fikr bildirdi.

"Vanda Metropolitano"da o'tgan bahs 2:0 hisobida mezbonlar g'alabasi bilan yakunlandi.

"2:0 - yaxshi natija, ammo javob o'yiniga hisob 0:0dek yondoshish kerak, chunki "Yuventus" kuchli jamoa.

Hozircha vazifa bajarilgani yo'q. Hamma yaxshi himoyalandi. Kiyinish xonasida kelishib olgan ishlarni bajardik" - deydi Oblak.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 12 mart kuni Turinda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA