Obameyyang Tumanli Albionga ko'chib o'tishga yaqin

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2017, 22:50
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishga yaqin turibdi.

Futbolchiga “Manchester Siti” klubi jiddiy tarzda e'tibor qaratgan. Shu kunlarda “shaharliklar”ning hujumchining transferi yuzasidan Dortmund klubiga rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda.

Obameyyangning “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar amal qiladi. O'tgan mavsumda 28 yoshli futbolchi 31ta gol bilan Germaniya Bundesligasi to'purari bo'lgan edi. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif