Obameyang Ronaldu va Messi saviyasiga chiqishni istaydi

Aziz Tukhtamuradov
1 noya 2015, 20:21
"Borussiya" D futbolchisi Per-Emerik Obameyang o'z oldiga qanday maqsad qo'ygani haqida gapirib o'tdi.

"Messi va Ronaldu darajasiga chiqishni istayman. Ular bitta o'yinda 3ta gol kirita olishlari mumkin. Keyingi o'yinda esa yana 4 ta. Buyuklik aynan shu narsa hisoblanadi.

Albatta, himoyachilar menga nisbatan e'tibor bilan o'ynashni boshlaydilar. Meni faqat yuguruvchi deb hisoblaydiganlar adashadilar. Men bolaligimdan o'z oldimga katta maqsadlar qo'yishga o'rganganman", - deydi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, gabonlik futbolchi ushbu mavsumda bundesligana 11 ta o'yinda 13 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com