"Nyukasl" Vitcelga yiliga 10 mln evro taklif qildi - "Borussiya" to'laydigandan 3 mln ko'p. Klub xavbek bilan qishda shartnoma imzolamoqchi

Alisher
20 noya 2021, 17:13
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitcelni nafaqat "Yuventus", balki "Nyukasl" ham xarid qilmoqchi.

Angliya klubi Belgiya terma jamoasining 32 yoshli o'yinchisiga yiliga 10 mln evro atrofida maosh taklif qildi - bu uning hozirgi olayotgan pulidan 3 mln ko'p.

"Yuventus" o'z navbatida Vitcelga hozirgi oladigan 7 mln evro maoshini ham bera olmaydi.

Xavbek 2022 yilning 30 iyunida erkin agentga aylanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tutto Juve