"Nyukasl" "Sevilya" himoyachisi Diego Karlos uchun 4 yillik shartnoma taklif qiladi

Alisher
9 yanv 2022, 12:40
"Sevilya" markaziy himoyachisi Diego Karlos faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

28 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo'yicha "Nyukasl" muzokaralar olib bormoqda, bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Angliya klubi Karlosga 4 yillik shartnoma taklif qildi.

Himoyachining "Sevilya" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Karlos joriy mavsum La Liga doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira