"Nyukasl" chexiyalik hujumchiga qiziqib qoldi

20 iyun 2020, 01:31
Daily Mail xabariga ko'ra, ijara asosida "Leyptsig"da o'ynayotgan "Roma" futbolchisi Patrik Shik faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Uning "Nyukasl Yunayted" klubi short-listiga tushib qolgani aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, Chexiya terma jamoasi forvardi joriy mavsum 25 o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan va 3ta samarali uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail