"Nyukasl" bosh murabbiyligi uchun ikki nomzod ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
8 okt 2021, 13:35
Saudiya arabistonilik shayhlarning xarididan keyin "Nyukasl"da bosh murabbiy o'zgarishi mumkin.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, klubning yangi rahbariyati jamoani yuqori statusga ega inson boshqarishini istamoqda. Shu sababli Stiv Bryus o'rnini "Chelsi"da ishlagan Frenk Lempard yoki "Reynjers" ustozi Stiven Jerrard egallashi mumkin.

"Mirror" nashrining yozishicha, saudiyalik investorlar APL klubi uchun 305 million evro ishlatgan. Ayni damda "Nyukasl" APL turnir jadvalida 19-o'rinda bormoqda. Klubning so'nggi sovrini 2006 yili qo'lga kiritilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph