"Nyukasl" "Atletiko" darvozaboni Oblakka qiziqmoqda

Alisher
15 mar 2022, 16:36
"Nyukasl" "Atletiko" darvozaboni Yan Oblakka qiziqmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, darvozabon 2022 yilning yozida transferlar uchun ochiq bo'ladi.

Oblakning shartnomasi 18 oydan so'ng yakuniga etadi va madridliklar katta ehtimol bilan uning narxi pasaymasdan, transferidan pul ishlab olishni xohlashadi. "Nyukasl" Oblakning natijalarini kuzatmoqda.

Oblak faoliyatini APLda davom ettirmoqchi, ammo titullar uchun kurashadigan klubga o'tadi.

"Atletiko" 51 ochko jamg'argan holda La Liga turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal