Nunu: "Ikki jamoa ham g'alaba uchun intildi"

Mirjalol Normatov
2 fev 2020, 12:29
"Vulverxempton" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu APL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Old Trafford"da yaxshi o'yinni ko'rdik. Biz ham ajoyib o'yin ko'rsatdik. MYU - ajoyib jamoa. Barchasi bir balans asosida o'tdi: ikki jamoa ham g'oliblik uchun intildi. O'yindan mamnunman.

O'yinlar o'zgaraveradi, shu boisdan qarorlarni tez-tez o'zgartirib turish kerak. Biz keng maydon bo'ylab raqibga muammolar tug'dirdik.

Biz o'zimizni kuchli oltilik jamoalariga teng ko'ra olmaymiz. Shu boisdan dastlabki 4 pog'onadan umid qilmayapman. Biroq asosiysi - jamoaning ruhi.

Endi dam olib keyingi o'yinga tayyorlanish kerak", - dedi portugaliyalik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express