

Fabricio Romanoning yozishicha, urugvaylik hujumchi mavsum yakunida ingliz klubini tark etadi. Bunday ssenariyni "Liverpul" vakillari ham, futbolchi tomoni ham qo'llab-quvvatlamoqda.
Qayd etilishicha, Nunes yanvar oyida Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga o'tishga yaqin bo'lgan, ammo yakunda mersisaydliklar uni mavsum davomida sotishdan bosh tortgan.
Darvin 2022 yilda "Benfika"dan 75+25 mln evro evaziga "qizillar" safiga o'tgandi. U joriy mavsum APLda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.



