Nunes kecha "Nyukasl" bilan o'yinda joriy mavsum APL rekordini o'rnatdi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2024, 11:20
"Liverpul" forvardi Darvin Nunes yuqori Xg ko'rsatkichi bilan "Nyukasl" bilan o'yinda gol ura olmadi.

Yurgen Klopp jamoasi APL 20-turi doirasidagi o'yinda 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

24 yoshli urugvaylik hujumchi o'yinni 1,61 kutilgan gollar ko'rsatkichi bilan yakunladi.

Bu joriy mavsum Premer-ligada bitta o'yinda gol ura olmagan o'yinchilar orasidagi eng yuqori ko'rsatkich.

Top-3dan shuningdek "Everton" forvardi Dominik Kelvert-Lyuin "Nyukasl" bilan o'yinda (1,58) va Nil Mop (hozirda "Brentford"da ijara asosida o'ynamoqda) "Fulxem" bilan bahsda (1,35) o'rin olgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Squawka