Noyer termaga chaqirilmagan uch futbolchi haqida: “Ular bizga yordam berardi”

Eldor Akmurzayev
18 noya 2020, 19:55
Germaniya TJ kiperi Manuel Noyer Yoaxim Lyovning “Bavariya” futbolchilari Tomas Myuller, Jerom Boateng hamda “Borussiya D” a'zosi Mats Xummels Germaniya termasiga qaytarishga sabab ko'rmagani haqidagi fikriga munosabat bildirdi.

“Bu uchchala o'yinchi ham kechagi (Ispaniya 0:6) o'yinda yordam berishi mumkin edi. Ular oldin ham buni isbotlashgan. Ularning hech biri, Tomas ham Mats ham Jerom ham Germaniya TJdagi ishtirokini yakunlamagan.

Albatta, hammada savol tug'ilmoqda, ammo keling, voqealar rivojini kuzatib boramiz. Umuman olganda, bu milliy jamoa ustozining qarori hisoblanadi”, deydi Noyer.

Lyov: “Myuller, Xummels va Boatengni Germaniya termasiga qaytarish uchun hech qanday sabab ko'rmayapman”

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/SPORTBILD