Noyer Evro-2020dan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Alisher
18 sen 2019, 18:31
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer terma jamoadagi faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.

33 yoshli posbonning terma jamoadagi oxirgi turniri Evro-2020 bo'lishi mumkin.

Noyer Germaniya terma jamoasida 2009 yildan beri o'ynab kelmoqda. U 3ta jahon chempionati va 2ta Yevropa chempionatida asosiy darvozabon bo'lgan.

Oldinroq, "Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen terma jamoadagi asosiy darvozabon emasligidan norozi bo'layotgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sportbild.bild.de