

"O'yinni barcha ko'rdi. Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglash uchun vaziyatlar bo'ldi. "Lokomotiv" bilan oramizdagi farq bir ochko qoldi. Kurashishda davom etamiz.
Faoliyatimdan qoniqish? Bugungi o'yin umuman yoqmadi. Ayniqsa birinchi bo'lim. To'p oshirishlarda ham xatolarga yo'l qo'yishdi yigitlar. Maxaradzening yo'qligi bilindi.
Raqibga nisbatan bizda ko'proq vaqt bo'lgandi tayyorgarlik uchun. Yigitlar toliqqanga o'xshab harakat qilishdi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz biroz ochildi. Ammo, omadimiz kelmadi.
Murabbiy yutqazdi bugun, jamoa emas. Moliyaviy muammolar albatta jamoaga ta’sir qiladi. Lekin, yigitlar bor imkoniyatlarini ishga solib harakat qilmoqdalar.
Bizga to'pni qabul qilib olib, hujum boshlaydigan futbolchi kerak edi. Ikkinchi goldan keyin sinib qoldik. Tavakkal qilib Anvar Solievni maydonga tushirdik.
Zaxira o'rindig'imiz tor. U yerda yosh futbolchilar o'tirishibdi. Karimov, Maxaradzelarning diskvalifikaciyalari bor. Yana bir qancha jarohatlar. Iskanderov mana endi maydonga tushdi. Sharoit bo'lganida yangi futbolchilarni o'z safimizga qo'shib olgan bo'lardik", deydi "Paxtakor" bosh murabbiyi.


