Nogiron-amputantlarimiz JCHni 7:0 hisobidagi g'alaba bilan boshladi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2014, 15:50
O'zbekistnon nogiron-amputantlar terma jamoasi 30 noyabr kuni Meksikada start olgan Jahon chempionatida ishtirokini boshladi.
Mavzur Umarxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi nogiron-amputantlar o'rtasida amaldagi jahon chempioni sanaladi va terma jamoa Meksikadagi Jahon chempionatida o'z unvonini himoya qilmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi A guruhida Braziliya, Irlandiya va Ukraina jamoalari bilan bir guruhdan o'rin oldi.

Kecha jamoamiz Ukraina terma jamoasini 7:0 hisobida taslim qildi. Guruhdan ikkinchi o'yinda musobaqa mezboni Braziliya Irlandiya ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan.

Terma jamoamiz 1 dekabr Irlandiya va 2 dekabr kuni Braziliyaga qarshi bahs olib boradi.

Ma'lumot o'rnida, 30 noyabr - 8 dekabr kunlari Meksikaning Kuliakan shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida jami 22ta terma jamoa ishtirok etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia