N.Myuller shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda
Narzulla Saydullayev
30 iyul 2017, 12:02
"Gamburg" yarim himoyachisi Nikolay Myuller klub bilan kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti.
Bild nashri xabariga ko'ra, futbolchining hozirgi shartnomasi 2018 yilda tugaydi. Yani keyingi yozda futbolchi boshqa klubga tekinga o'tib ketishi mumkin.