

Biz Qirg'iziston terma jamoasi darvozaboni Nikolay Shamonin bilan uchrashb undan boshlanajak o'yin haqida intervyu oldik.
- Eron terma jamoasiga qarshi qay darajada tayyorgarlik ko'rdinglar?
- Xar doyimgidek faqat g'alaba qozonish uchun tayyorgarlik ko'rdik. Bu galgi raqibimiz juda kuchli. Birinchidan g'alaba qozonishimiz oson bo'lmaydi, ikkinchidan maydonda haqiqiy jang kechadi.
- Eron terma jamoasini taktikasini o'rganib chiqtinglarmi?
- Buni murabbiylar o'rganib chiqishgan. Raqibga qarshi qanday harakat qilishimiz kerakligini murabbiy xal qiladi. Qolganini o'yin ko'rsatadi.
- Ushbu o'yinga ruhay tayyormisizlar?
- Har bir uchrashuvga so'nggi final o'yinidek tayyorlanganmiz.
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.



