Nikita Ribkin: "Dastlabki tur doim og'ir o'tadi"

Narzulla Saydullayev
9 mar 2016
"Paxtakor" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar posboni Nikita Ribkin o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin qiyin bo'ldi. Sababi 1-tur doim qiyin kechadi. Barcha jamoalar g'alaba uchun maydonga tushishadi. Uchrashuv boshida golli vaziyatdan unumli foydalanik va hisobni ochdik. Shundan keyin to'p nazoratini o'z qo'limizga oldik. Ikkinchi bo'limda ikkinchi gol urilgach biroz bo'shashdik va raqib bizni jazoladi. Hisobni saqlab qolishga erishdik. Yana gol urishimiz mumkin edi, omadimiz kelmadi. Umuman olganda bahs ancha asabiy tarzda o'tdi", - deydi Nikita Ribkin. 

"Paxtakor" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia