

"3 soatdan so'ng Moskvaning "Spartak" va "Tambov" jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlanadi. Mehmonlar futbolchilari agar maoshlar to'lanmasa, ish tashlash borasida tahdid qilishdi. Ammo, yangiliklarga qaraganda, qarzlar to'langan va "Tambov" kuchli tarkibi bilan maydonga chiqadi.
"Biroq bu "Lokomotiv" (Moskva)dan "Tambov" klubida ijara asosida o'ynayotgan Jasur Jaloliddinovga aloqasi yo'q. "Tambov" unga maosh to'lashga majbur emas edi, sababi Jasurga maoshni "Lokomotiv" to'laydi. Ammo, Jasur bugungi o'yinda maydonga tushmaydi, chunki ma'lumotlarga qaraganda u o'z uyida, yani Navoiyda", - deb yozadi Nikimbaev o'z telegram kanalida.



