Niderlandiya 11 ta o'yindan beri yutqazmayapti

Aziz Tukhtamuradov
9 iyun 2022, 09:04
Niderlandiya terma jamoasi Lui van Gal qaytganidan so'ng mag'lubiyatga uchramayapti.

Ular tunda Millatlar ligasining ikkinchi turi doirasida Uelsni 2:1 hisobida mag'lub etishdi. 

92-daqiqada gol o'tkazib yuborgan Niderlandiya 94-daqiqada yana gol urib, g'alabani ilib ketdi. 

Niderlandiyaning mag'lubiyatsiz seriyasi 1 sentyabr kuni boshlangan. O'shanda ular JCH-2022 saralashi doirasida Norvegiya bilan 1:1 hisobida durang o'ynashgan. Hozirga kelib terma jamoa so'nggi 11 ta o'yinida 8 ta g'alaba va 3 ta durang qayd etgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta