"Nicca" "Sevilya" bilan Lopesh borasida muzokaralarni boshladi

Alisher
14 iyul 2020
"Nicca" "Sevilya" yarim himoyachisi Roni Lopeshni nishonga oldi.

"Qizil-qoralar" yozgi transferlar oynasida portugaliyalik xavbek bilan shartnoma imzolashmoqchi va bu borada ispan klubi bilan muzokaralarni boshladi.

Lopesh "Sevilya"ga o'tgan yozda "Monako"dan 25 million evro evaziga o'tgan edi, ammo tarkibni kuchaytira olmadi.

24 yoshli o'yinchi joriy mavsum jamoasi safida 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport