Neymar qachon safga qaytadi? "Al Hilol" bosh murabbiyi javob berdi

Administrator
22 may 2024, 20:43
Braziliyalik futbolchining jarohatdan tiklanishi hali davom etadi.

"Al Hilol" klubi yulduzi Neymar keyingi mavsum boshiga qadar tiklanmaydi. Futbolchining tizzasining xochsimon bog'lamidagi jarohati sabab safdan chiqqandi. Neymarning holati haqida Saudiya Arabistoni klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush ma'lumot berdi.

"Neymardagi kabi jarohatlardan tiklanish 10-11 oyga cho'ziladi. U keyingi mavsum boshiga qadar safga qayta olmaydi.

Tahminlarimizga ko'ra, sentyabr yoki oktyabr oylarida u o'ynashi mumkin bo'ladi", -deydi "Al Hilol" bosh murabbiyi Jorje Jezush.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ESPN