Neymar "Real"ga qarshi o'yingacha safga qaytadi

Mirjalol Normatov
17 noya 2019, 10:58
PSJ hujumchisi Neymar YCHL doirasida 26 noyabr kuni "Real"ga qarshi bo'ladigan o'yinda qatnashishi mumkin.

"Marca" xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi tiklanish jarayonida. PSJdagilar Neymar 22 noyabr kuni bo'lib o'tadigan "Lill"ga qarshi o'yingacha safga qaytishiga umid qilishmoqda.

Braziliyalik futbolchi 13 oktyabr kuni Nigeriya termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi vaqtida jarohatlangandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca