Neymar "Real"dan uchralgan mag'lubiyatda Emeri va ikki jamoadoshini aybladi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2018, 13:52
PSJ hujumchisi Neymar "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvida uchralgan mag'lubiyatda (1:3) jamoa bosh murabbiyi Unai Emerini aybladi.

Braziliyalikning fikricha, Emeri tarkibni noto'g'ri tanlagan. Neymarga himoyachi Tyago Silva maydonga tushmagani yoqmadi. Braziliyalikning takidlashicha, PSJ Kimpembe tufayli ikkita gol o'tkazib yuborgan.

Neymar Kimpembedan tashqari, xavbek Jovani Lo Chelsoni ayblagan. Forvardning fikricha, murabbiy Lo Chelso o'rniga Lassana Diarrani maydonga tushirishi kerak edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Express