Neymar kelajagi borasida o'ylab olish uchun Braziliyaga ketadi

Tolibjon Qosimov
1 avg 2017, 19:09
"Barselona" hujumchisi Neymar Xitoydagi tijorat safarini yakunladi va hozir Qatar poytaxti Doxada bo'lib turibdi.

Yaqin vaqtlarda 25 yoshli futbolchi o'zining kelajagi borasida o'ylab olish uchun Braziliyaga ketadi.

Hozircha Neymar vataniga ketishdan oldin Barselonaga borishi aniq emas. Ertaga "Barselona" klub bazasida mashg'ulotlarga kirishadi.

Neymarning otasi kecha Barselonaga qaytdi. Shu sabab, Neymar ham Kataloniyaga borishi mumkin.

Neymar 222 million evro evaziga PSJga o'tishi mumkin. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, o'yinchi dam olish kunlari Parijda tibbiy ko'rikdan o'tadi va dushanba kuni yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Mundo Deportivo