Neymar 222 mln. evro evaziga PSJni tark etadi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2017, 13:59
PSJ hujumchisi Neymar u uchun 222 mln. evro to'laydigan klub topsa, jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Aynan shu mablag' evaziga braziliyalik joriy mavsum oldidan "Barselona"ni tark etgan edi. Fransiya klublari tovon puli noodatiy amaliyot, chunki bu mamlakat klublari shartnoma imzolayotganda tovon pulini qo'shishmaydi.

So'nggi vaqtlarda OAVda Neymar haqida turli yangiliklar e'lon qilindi. Braziliyalik Parij klubi bosh murabbiyi Unai Emeri bilan janjallashib qolgani yoki Kataloniya klubini sog'inayotgani borasida xabarlar chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito