Nevill Mourinyoga nima yetishmayotganligini aytdi

Mirjalol Normatov
29 okt 2020, 00:39
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ishini yaxshi baholadi.

"Keynning intervyusini o'qigandim. U "Tottenxem" sovrin yutishga qodir degandi. O'shanda Xarri Angliya Kubogi yoki Liga Kubogini emas, APLni nazarda tutgandi.

Ularning APLni yutishini istisno qila olmayman. Mourinyo jamoani g'alabalarga o'rgatmoqda, unga faqatgina sovrin yetishmayapti. Jozening g'aroyib miyasidan nimalar o'tayotganini bilib bo'lmaydi.

"Tottenxem" ushbu yozda transferlarga katta summa ishlatishini kutmagandim. Mourinyo shunday murabbiyki, pul talab qiladi va natijalari bilan javob qaytaradi. Endi "shporlar"ning tarkibi ajoyib va raqobatbardosh.

Hujumkor futbolchilar yaxshi o'ynamoqda, ha, ushbu mavsum g'alati o'tyapti, biroq Mourinyo ularning kuchi evaziga sovrinlar yutishi mumkin. "Arsenal", MYU, "Chelsi" kabi jamoalardan oldinda turish anchagina yoqimli. Mavsum avvalida qilgan taxminimda ularni kuchli to'rtlikka qo'shmagandim, endi esa jamoani chempionlik uchun kurashchilar ro'yxatiga kiritaman.

Mourinyo "Tottenxem" bilan APLni yuta oladi - bo'lishi mumkin. U futbolchilarga ishonch taqdim qilmoqda, yigitlarning miyasiga g'alaba qozonish o'rnashib qolgan. Bu esa futbolchilarning mentaliteti kuchayishida katta rol o'ynaydi", - dedi Nevill. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal