Nevill: "Liverpul"ni to'xtata oladigan birorta jamoani ko'rmayapman"

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 14:14
"Manchester Yunayted"ning afsonasi, ayni damda teleekspert sifatida ishlayotgan Gari Nevill "Liverpul"ning "Tottenxem" ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi.

"Liverpul" g'alabadan-da ko'prog'iga erishdi. Jamoa chempionlarga hos o'ynamoqda va sovrin uchun qilinishi kerak bo'lgan barcha ishlarni bajarmoqda. APLda ularni to'xtata oladigan birorta jamoani ko'rmayapman.

Firmino? Ajoyib futbolchi, istalgan murabbiy uni o'z jamoasi tarkibida ko'rishni istaydi. U nafaqat gollar uradi, balki, o'yinni ham tashkillashtiradi. Uning o'yinlaridan rohatlanaman", - dedi Nevill.

“Liverpul”dan navbatdagi rekord 

APL. "Liverpul"ni "Tottenxem" ham to'xtata olmadi 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo