Nevill "Liverpul"ga chempionlik uchun nima kerakligini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2023, 13:45
Taniqli ekspert Gari Nevill "Liverpul"ga APL chempionligini qo'lga kiritish uchun qanday o'yinchilar kerakligini tushuntirib berdi.

"Liverpul"ning yarim himoyasi ayni damda hujumkor ko'rinmoqda. "Liverpul" Rodri "Manchester Siti"ga, Rays, Parti va Jorjino "Arsenal"ga beradigan himoyaviy barqarorlikka egami? Agar siz Deklan Raysni "qizillar"ning tayanch nuqtasiga qo'ysangiz yoki Rodrini u erga yuborsangiz, men "Liverpul" chempionlik uchun kurash olib boradi, deb aytgan bo'lardim", – dedi Gari Nevill.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" APLning 8-turidan keyin 17 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. Peshqadamlikni bo'lishib turgan "Arsenal" va "Tottenxem" bilan farq 3 ochkoni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports