Nevill: "Keyn bo'lsa, "Man Siti"da raqobatchilar bo'lmasdi"

Alisher
4 okt 2021
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill "Manchester Siti"da forvard Xarri Keyn bilan raqobatchi qolmasdi deb hisoblaydi.

"Manchester Siti" shunchaki gol urmayapti. Ha, "Liverpul"ga qarshi o'yinda ular ikkita gol urishdi, ammo birinchi taymda hujum bilan muammolar bo'ldi. Bu jamoaga mavsum so'nggida qimmatga tushishi mumkin. "Siti"da 25-30talab gol uradigan haqiqiy hujumchi yo'q. Xarri Keyn aqlbovar qilmas. "Liverpul"ga qarshi o'yinda u aniq o'z imkoniyatlaridan foydalanardi. U bilan "Siti"da raqobatchi bo'lmasdi", - deydi Nevill.

"Man Siti" 2021 yilning yozida "Tottenxem"dan Keynni xarid qilish xohlagandi, ammo transfer amalga oshmadi.

Angliyalik futbolchining Manchester klubiga 2022 yilning qishida o'tish ehtimoli mavjud.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports