

Chempionatning tugashiga bir tur qolganida "Peruja" rahbariyati bosh murabbiy Robertu Breduni iste'foga chiqardi. "Sky Italia" nashri xabariga ko'ra, jamoadagilar yangi bosh murabbiyni topib qo'yishgan va u Alessandro Nesta bo'ladi. Uning murabbiy etib tayinlangani borasidagi rasmiy xabar 14 may kuni e'lon qilinadi.



