Nematillo Quttiboev: "Tushunarsiz tarzda mag'lub bo'ldik"

Omonjon To`xtamirzayev
26 mar 2024, 19:44
Pro-liganing 3-turidan o'rin olgan "Aral" - "Qo'qon-1912" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida
- Nima deyish mumkin, teng o'yin guvohiga aylandik. Darvozamizga kiritilgan gollar tushunarsiz bo'ldi. Bunda raqibning kuchliligi evaziga gollar o'tkazib yubormadik. Teng o'yin bo'ldi, mehmonlar imkoniyatdan foydalanib gol urib ketishdi. "Qo'qon-1912"ni g'alaba bilan tabriklayman.

- Mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Aytdimku, 2 ta golni tushunarsiz tarzda o'tkazib yubordik. Aslida o'yin tomonlama raqibdan kuchsiz emasdik.

- Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilardan qay daraja qoniqdingiz?
- Dastlab hisobni tenglashtirgandik. Keyin yana bir gol o'tkazvordik. O'sha 2 ta gol uzoq masofadan yo'llangan zarbalar evaziga kiritildi. Bunga tushunish qiyin. 3-gol qarshi hujum natijasida yuzaga keldi, bu haqqoniy gol.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia